Angliya yana antirekordni takrorladi
Bronza medallari uchun bahsda Angliya va Fransiya o‘zaro to‘qnash keladi.
Angliya terma jamoasi JCH–2026 yarim finalida Argentinaga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lib, o‘ziga tegishli antirekordni yana takrorladi.
Uchrashuvning 85-daqiqasiga qadar inglizlar hisobda oldinda borayotgan edi. Biroq Argentina o‘yin so‘ngida ketma-ket ikkita gol urib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Opta Sports ma’lumotiga ko‘ra, XXI asrda jahon chempionati yarim finalida hisobni ochgan holda finalga chiqa olmagan jamoa atigi ikki marta uchragan. Har ikki holatda ham bu Angliya bo‘lgan:
JCH–2018 — Xorvatiyaga mag‘lubiyat;
JCH–2026 — Argentinaga mag‘lubiyat.
JCH–2026 finalida Argentina Ispaniyaga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 19-iyul kuni bo‘lib o‘tadi.
Bronza medallari uchun bahsda esa Angliya va Fransiya o‘zaro to‘qnash keladi.