Jo Hart: “Tuxel juda erta himoyaviy futbolga o‘tdi”
Ochig‘i, bu borada deyarli hech narsa o‘zgarmadi.
“Manchester Siti” va Angliya terma jamoasining sobiq darvozaboni Jo Hart JCH–2026 yarim finalida Argentina bilan kechgan uchrashuv (1:2) hamda bosh murabbiy Tomas Tuxel qarorlari haqida fikr bildirdi.
"Garet Sautgeyt katta o‘yinlarda Angliya hisobda oldinga chiqishi bilan himoyaga yopishib olgani uchun ko‘p tanqid qilingan edi. Ochig‘i, bu borada deyarli hech narsa o‘zgarmadi.
Tomas Tuxelni qanchalik maqtamaylik, uning o‘yinni juda erta o‘zgartirgani bir narsani ko‘rsatdi: u o‘z jamoasiga to‘liq ishonmadi.
U Angliya Argentinaga yana bir zarba berib, ikkinchi golni ura olishiga ishonmagan. Shu sabab jamoa hujum qilish o‘rniga natijani saqlab qolishga urindi", — dedi Hart.