Uçraşuv samimiy muloqot, hayotiy hikoyalar va qizğin savol-javoblarga boy böldi
Bugun yuksak minbarlarda mamlakat taqdiriga daxldor masalalarni muhokama qilayotgan insonlar ham bir vaqtlar maktab partasida ötirgan. Ularning bugungi martabasi ortida esa yillar davomidagi izlaniş, mehnat, ustozlar saboği va ilmga bölgan intiliş mujassam. Guliston şahridagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida senatorlar va yoşlar uçraşuvi ana şu hayotiy haqiqatni yana bir bor namoyon etdi.
Payşanba — Yoşlar kuni doirasida taşkil etilgan muloqotda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi, xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengaşi raisi, ijod maktabi direktori Pokiza Ahmedjanova, Senatning Agrar, suv xöjaligi masalalari va ekologiya qömitasi raisi Anvar Töyçiyev, Qonunçilik palatasining Fan, taʼlim, madaniyat, sport va yoşlar masalalari qömitasi raisi Nodir Jumayev, Özbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada sanʼati instituti rektori Avaz Mansurov hamda maktab öqituvçi va öquvçilari iştirok etişdi.
Suhbat avvalida mamlakatimizda taʼlim va tarbiya sohasida amalga oşirilayotgan islohotlar, yoşlarning intellektual salohiyatini yuksaltiriş, ijodiy qobiliyati va dunyoqaraşini rivojlantiriş uçun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida söz bordi. Ayniqsa, ijod maktablarining yoş avlod kamolotidagi örni, bu yerda taʼlim olayotgan öquvçilar uçun yaratilgan şaroitlar va ularning erişgan natijalari eʼtirof etildi.
Biroq uçraşuvning eng taʼsirçan jihati mehmonlarning öz hayot yöli haqidagi hikoyalari böldi. Ular ham bir vaqtlar oddiy maktab öquvçisi bölgani, tahsil olgan davrida bugungidek imkoniyatlar mavjud emasligi, ammo ilmga çanqoqlik, mehnat va ustozlarining saboqlari orqali öz maqsadlariga erişganlarini sözlab berişdi.
[gallery-32488]
— Bugun Oliy Majlis Senatida yoşlar bilan uçraşuvlar yaxşi anʼanaga aylanib bormoqda. Bunday muloqotlarda parlament faoliyati, qabul qilinayotgan qonunlar va mamlakatimizdagi islohotlar haqida maʼlumot beriş bilan birga, yoşlarning siyosiy qaraşlari, fuqarolik pozitsiyasi va jamiyat hayotidagi iştirokiga ham eʼtibor qaratamiz.
Bugun ijod maktabi öquvçilari bilan suhbatda ularning mamlakatimizdagi özgarişlarga befarq emasligi, qonun ijodkorligi jarayoni va parlament faoliyatiga qiziqişiga guvoh böldik. Savollari, taklif va taşabbuslari ham eʼtiborga molik.
Eng muhimi, yoşlarimizda kelajakka işonç, öz örnini topişga intiliş va katta maqsadlar sari harakat bor. Ularning közlaridagi şijoat, ijodiy izlanişlari va dunyoqaraşi quvonarli. Işonamanki, ular orasidan kelajakda yetuk olimlar, ijodkorlar, pedagoglar, mutaxassislar va siyosatçilar yetişib çiqadi, — dedi Anvar Töyçiyev.
Darhaqiqat, muvaffaqiyatga erişgan insonning hayot yöli yoşlar uçun eng taʼsirçan saboqlardan biridir. «Yaxşi öqing, izlaning» degan nasihatdan köra, şu yöldan ötib, muayyan natijaga erişgan insonning şaxsiy tajribasi köproq taassurot qoldiradi. Zero, har bir yutuq ortida sabr, izlaniş va tinimsiz mehnat bor.
Ijod maktabi öquvçilarining natijalari ham buning yaqqol ifodasidir. 2023–2025-yillarda maktabni tamomlagan 100 nafar bitiruvçining barçasi oliy taʼlim muassasalariga öqişga kirgan. Joriy yilda esa 39 nafar bitiruvçidan 10 nafari maksimal — 189 ball töpladi, 24 nafari davlat granti asosida talabalikka qabul qilindi.
Hozirda maktabning uç nafar bitiruvçisi dunyoning TOP-100 taligiga kirgan xorijiy oliy taʼlim muassasalarida tahsil olmoqda. Joriy yilgi bitiruvçi Zulhayo Mingboyeva Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibi böldi. Maktabning drama tögaragi esa ikki yildan buyon «Turon» maktab teatri respublika tanlovida eng yuqori örinni egallab kelmoqda.
Bu raqamlar ortida ustozlarning fidokorona mehnati, öquvçilarning izlanişlari va öz iqtidorlarini namoyon etişga intilişlari mujassam.
Uçraşuv davomida öquvçilar senatorlarga özlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildi. Parlament faoliyati, qonunlarning qabul qilinişi, yurtimizdagi özgarişlar, taʼlim imkoniyatlari va kelajakda kasb tanlaş masalalari yuzasidan qizğin fikr almaşildi. Senatorlar esa savollarga öz hayotiy tajribalari va aniq misollar asosida javob berdi.
— Bugungi uçraşuvning ahamiyati şundaki, öquvçilarimiz senatorlar va olimlarning hayot yöli bilan yaqindan tanişişdi. Ular ham bir vaqtlar oddiy maktabda öqigan, qiyinçiliklarni yengib, bilim va mehnat orqali bugungi darajaga yetgan.
Yoşlarga faqat «yaxşi öqing, köp kitob mutolaa qiling» deb aytişning özi kifoya emas. Ularga bu yöldan ötib, natijaga erişgan insonlarning hayotini misol qilib körsatiş kerak. «Men ham sizdek öquvçi bölganman, mana şu mehnatlar orqali bu darajaga yetdim», degan samimiy eʼtirof bolalarimizga katta motivatsiya beradi.
Niyatimiz — maktabimiz öquvçilari orasidan ham Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Halima Xudoyberdiyeva kabi buyuk ijodkorlar, şuningdek, yetuk olimlar, mutaxassislar va davlat arboblari yetişib çiqsin. Aslida, butun saʼy-harakatlarimiz ham şu maqsadga qaratilgan, — dedi Pokiza Ahmedjanova.
Ğulom Primov,
Umid Obidjonov (surat) ÖzA