Muqaddam sudlangan muhandis yana pora olayotganda qölga tuşdi
Jizzax viloyatida xizmat mavqeidan foydalanib, noqonuniy pul talab qilgan elektr taʼminoti korxonasi muhandisi qölga olindi. Holat mansab vakolatlarini şaxsiy manfaat yölida suiisteʼmol qilişning huquqiy oqibatlarini yana bir bor körsatdi.
Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş департаментининг viloyat boşqarmasi maʼlum qildi. Unda Şarof Raşidov tumanidagi elektr taʼminoti korxonasi muhandisning qonunga xilof harakatlar sodir etgani gumon qilinmoqda.
Maʼlum bölişiça, muhandis korxonaga tegişli suv çiqariş inşootini elektr tarmoğidan uziş xizmati uçun 29,5 million söm talab qilgan. Uşbu mablağning 14,5 million sömini oldindan qölga kiritgan. Qolgan 15 million sömni olayotganida Departament xodimlari uni aşyoviy dalillar bilan uşlagan.
Departament maʼlumotlariga köra, mazkur şaxs muqaddam ham jinoiy javobgarlikka tortilgan bölgan. Biroq bu holat uni qonunga zid harakatlardan töxtatmagan.
Mazkur holat yuzasidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Xizmat vakolati şaxsiy daromad orttiriş vositasi emas, balki xalq manfaatiga xizmat qiliş masʼuliyatidir. Qonun talablarini mensimaslik esa muqarrar huquqiy oqibatlarga olib keladi.
Abdujalol Qayumov,
ÖzA muxbiri