Badiiy taʼlimda yangi yönalişlar muhokama etildi
Toşkent şahrida badiiy taʼlim sohasining dolzarb masalalariga bağişlangan “Buyuk Ipak yöli çorrahasida badiiy taʼlimning global istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya taşkil etildi.
Özbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi Badiiy taʼlim yönalişida pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlaş hamda ularning malakasini oşiriş markazi taşabbusi bilan ötkazilayotgan anjuman Xitoy Xalq Respublikasining Xubey tasviriy sanʼat instituti, Şarq sanʼati va estetik taʼlimi tadqiqot markazi, Malayziyaning Mara texnologiya universiteti hamda Indoneziyaning Negeri Malang universiteti bilan hamkorlikda taşkil etildi.
Konferensiyada Özbekiston, Xitoy, Malayziya, Indoneziya, Vengriya, Armaniston, Turkmaniston va boşqa mamlakatlardan taşrif buyurgan sanʼatşunos olimlar, professor-öqituvçilar, tadqiqotçilar hamda soha mutaxassislari iştirok etmoqda. Anjumanning yalpi majlisida 19 nafar maʼruzaçi öz ilmiy izlanişlari va tajribalari bilan bölişdi.
Tadbirda badiiy taʼlimning bugungi rivojlaniş tendensiyalari, milliy sanʼat anʼanalarini zamonaviy yondaşuvlar asosida rivojlantiriş, taʼlim jarayoniga innovatsion va raqamli texnologiyalarni joriy etiş hamda xalqaro hamkorlik imkoniyatlarini kengaytiriş masalalari muhokamada qilindi.
Anjuman mavzusining Buyuk Ipak yöli bilan boğlanişi bejiz emas. Zero, asrlar davomida Şarq va Ğarbni boğlagan uşbu tarixiy yöl nafaqat savdo-sotiq, balki ilm-fan, sanʼat va madaniyat almaşinuvi uçun ham muhim köprik vazifasini bajargan. Bugungi kunda esa mazkur tarixiy meros badiiy taʼlimda turli xalqlarning ijodiy tajribasi va estetik qaraşlarini uyğunlaştiriş uçun muhim asos bölib xizmat qilmoqda.
Konferensiya dasturidan Buyuk Ipak yöli madaniy merosi va badiiy taʼlim, sanʼat taʼlimida innovatsiyalar va raqamli texnologiyalar, milliy qadriyatlar va zamonaviy sanʼat, xalqaro hamkorlik hamda uzluksiz kasbiy rivojlaniş kabi yönalişlarga bağişlangan ilmiy maʼruzalar va munozaralar örin olgan.
Taʼkidlaş joizki, mamlakatimizda madaniyat va sanʼat sohasini rivojlantiriş, milliy badiiy merosni asrab-avaylaş va keng tarğib etiş, yoş isteʼdodlarni qöllab-quvvatlaş hamda badiiy taʼlim sifatini oşirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
[gallery-32492]
Şu nuqtai nazardan, mazkur xalqaro anjuman xorijiy tajribalarni örganiş, ilmiy-ijodiy aloqalarni kengaytiriş va pedagog kadrlarning kasbiy salohiyatini yuksaltiriş uçun muhim muloqot maydoni bölib xizmat qilmoqda.
Konferensiya yakunida ilgari suriladigan ilmiy taklif va tavsiyalar badiiy taʼlim tizimini takomillaştiriş, ilğor xalqaro tajribalarni milliy taʼlim amaliyotiga tatbiq etiş hamda hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlaşga xizmat qiladi.
Hamroz Bayonov,
Öktam Hayitov (surat),
ÖzA