Turkiyadan yangi aviaqatnovlar Özbekiston hududlariga sayyohlarni jalb etiş imkoniyatlarini kengaytiradi
Özbekiston xalqaro aviaqatnovlarni rivojlantiriş va hududlarning turistik salohiyatini tarğib qiliş orqali xorijiy sayyohlarni jalb etiş imkoniyatlarini kengaytirmoqda.
Joriy yilning dekabr oyidayoq Buxoro va Andijonga Istanbuldan yangi töğridan-töğri aviaqatnovlar yölga qöyiladi. 2027-yil mart oyidan esa Termiz bilan ham şunday aviaaloqani yölga qöyiş rejalaştirilgan. Bu mamlakatimizning tarixiy va madaniy markazlarini Yevropa, Yaqin Şarq va boşqa xorijiy bozorlardan keluvçi sayohatçilar uçun yanada qulay va oçiq qiladi.
Yangi yönalişlar Toşkent şahrida bölib ötgan Pegasus Airlines aviakompaniyasi taqdimotida taniştirildi. Tadbirda Özbekiston Respublikasi Turizm qömitasi vakillari ham iştirok etdi. Taqdimot mamlakat hududlari bilan xalqaro aviaqatnovlarni kengaytiriş hamda Özbekiston va Turkiya örtasidagi sayyohlik oqimini rivojlantiriş istiqbollariga bağişlandi.
Aviaqatnovlarni rivojlantiriş masalasi Turizm qömitasi raisi Abdulaziz Aqqulovning Istanbul şahrida Pegasus Airlines direktorlar kengaşi raisi Mehmet Tevfik Nane bilan yaqinda ötkazgan muzokaralarining asosiy yönalişlaridan biri böldi. Tomonlar Özbekistonning turistik salohiyatini xorijiy bozorlarda birgalikda tarğib qiliş va yangi aviaqatnovlarga xorijiy sayyohlarni jalb etiş masalalarini muhokama qildilar.
Uçraşuv yakunida Özbekistonning beşta şahriga amalga oşiriladigan aviaqatnovlarga sayyohlarni jalb etiş maqsadida qöşma reklama kampaniyalarini nazarda tutuvçi hamkorlik bitimini imzolaş böyiça dastlabki kelişuvga erişildi.
Ziyovuddin Nuriddinov, Doniyor Yakubov,
Salimjon Obidjonov, ÖzA