Qirğizistonda qişki turizm: dam oluvçilarni qaysi joylar kutmoqda?
Dekabr oyi oxiri va keyingi yil yanvar oyi boşida qirğizistonliklar qişki taʼtilga çiqib, Yangi yilni ham nişonlaydi. Bu mavsum toğ kurortlariga borib, faol dam oliş va mamlakatning gözal hududlarini tomoşa qiliş uçun yaxşi imkoniyatdir.
“Kabar” axborot agentligi yozişiça, qişda ham baland, oppoq qorli toğlari, tiniq köllari va gözal tabiati bilan sayyohlarni öziga jalb qiladigan uşbu qardoş mamlakatda qişki turizmni rivojlantiriş va dam olişni taşkil etiş uçun qulay şaroit yaratilgan. Navbatdagi qiş ham dam oluvçilarni toğ bağridagi oromgohlar va qiziqarli qişki yönalişlar kutmoqda.
Qirğizistondagi eng maşhur dam oliş maskanlari qatoriga "Qoraköl”, "Orlovka", "Çunkurçak", "Qoşquloq", "ZIL", "Töğuz-Buloq", "Norus", "Qaşqa-Suv", "Örik-Soy" va "Too-Aşu" toğ-çanği bazalari kiradi.
Bu yil Issiqköl viloyatidagi "Ala-Too Resort" toğ sinfi ham foydalanişga topşirildi. Xususan, 1-dekabrda birinçi bosqiç – "Jirgalang Resort" kurortini oçiş rejalaştirilgan.
A.Mamatov, ÖzA