"Trend" agentligi Özbekistondagi turizm investitsiyalari va yangi imtiyozlar haqida yozdi
Ozarbayjonning "Trend" axborot agentligi Özbekistonda turizm sohasiga investitsiyalar jalb etiş, yangi sayyohlik hududlarini özlaştiriş hamda tadbirkorlarni qöllab-quvvatlaş borasida amalga oşirilayotgan işlarga bağişlangan maqola eʼlon qildi.
Naşrda Prezident Şavkat Mirziyoyevning 20-noyabr kuni Toşkent viloyatining Parkent tumanidagi “Oltin bel” sayyohlik majmuasida investor va tadbirkorlar bilan ötkazgan uçraşuvida belgilangan vazifalarga alohida eʼtibor qaratilgan.
Maqolada turizm sohasidagi investitsiya loyihalarini jadallaştiriş, hududlarda yangi sayyohlik maskanlarini taşkil etiş va soha vakillari uçun qöşimça imkoniyatlar yaratiş masalalari yoritilgan. Jumladan, şakllantirilgan 11 milliard dollarlik turizm loyihalari böyiça bir oy içida amaliy işlarni boşlaş, şuningdek, yangi loyihalar uçun qöşimça yer maydonlarini tayyorlaş vazifasi qayd etilgan.
“Trend” agentligi mehmonxona qurilişi uçun imtiyozli moliyalaştiriş, yer va mol-mulk soliği böyiça yengilliklarning uzaytirilişi, xorijiy sayyohlarga xizmat körsatuvçi turoperatorlar uçun soliq imkoniyatlari va imtiyozlari joriy etilişi kabi çoralarga ham töxtalgan.
Bundan taşqari, Özbekistonning turizmni rivojlantiriş strategiyasida belgilangan maqsadlar, xorijiy sayyohlar oqimini köpaytiriş, turizmning mamlakat iqtisodiyotidagi uluşini oşiriş va xizmatlar eksportini kengaytiriş rejalari keltirilgan.
Maqolada 25–27-noyabr kunlari Toşkent şahrida ötkaziladigan birinçi xalqaro turizm investitsiya forumiga ham alohida örin berilgan. Forum doirasida hududlarning sayyohlik salohiyatini namoyon etiş va yangi investitsiya kelişuvlariga erişiş masalalari muhokama qilinadi.
Dilşod HAKIMOV,
ÖzA