Turkiya ASEAN muloqot hamkori maqomini oldi
Turkiya Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasining (ASEAN) muloqot hamkori maqomini oldi. Bu qaror ASEAN mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari tomonidan Manilada bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda qabul qilindi.
- Bu rivojlanish Osiyo-Tinch okeani mintaqasida faolligimizni mustahkamlash uchun juda muhimdir, -dedi Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan.
Uning qo‘shimcha qilishicha, yangi maqom Anqaraga taxminan 700 million aholiga ega va iqtisodiyoti 4 trillion dollardan ortiq bo‘lgan mintaqa bilan siyosiy va iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish imkonini beradi.
Fidan Turkiyaning ASEAN mamlakatlari bilan savdo aylanmasi 2010-yildan beri 6,5 milliard dollardan 16 milliard dollargacha oshganini ta’kidladi.
Ma’lumot o‘rnida: Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi (ASEAN) Bruney-Dorussalom, Vetnam, Indoneziya, Kamboja, Laos, Malayziya, Myanma, Singapur, Tailand va Filippinni o‘z ichiga olgan mintaqaviy hukumatlararo tashkilotdir. 1996-yilda Rossiya Federatsiyasi ham ASEANning to‘laqonli muloqot hamkori bo‘lgan edi.
S.Rahimov, O‘zA