AQSH Kuba bo‘yicha siyosat hisobotini e’lon qildi
AQSH Davlat departamenti Kuba rahbariyatining siyosati va ularning mintaqaga ta’sirini tahlil qilishga bag‘ishlangan 64 sahifali “Cuba: The Capital of 21st Century Communism” (Kuba 21-asr kommunizmining poytaxti) nomli hujjatni nashr etdi. Davlat kotibi Marko Rubio nazorati ostida tayyorlangan hujjat Vashingtonning Gavana bo‘yicha pozitsiyasini bir nechta muhim sohalarda tizimlashtiradi.
Hisobotda Kuba rasmiylari Lotin Amerikasi va Qo‘shma Shtatlarda chap qanot mafkurasini muntazam ravishda targ‘ib qilishda va marksistik harakatlarni qo‘llab-quvvatlashda ayblangan. Shuningdek, Kuba razvedka agentliklarining ishi va oroldan Vashingtonning geosiyosiy raqiblari razvedka infratuzilmasi uchun baza sifatida foydalanish batafsil ko‘rib chiqilgan.
Ekspertlar fikricha, hisobotning nashr etilishi AQSH ma’muriyatining Kubaga nisbatan qattiq siyosati davom etishini yana bir bor namoyish qiladi.
Bu yo‘nalish Vashingtonning Gavanaga nisbatan kelajakdagi siyosati uchun konseptual asosni tashkil etadi, deyiladi xabarda.
S.Rahimov, O‘zA