"TRIPP" loyihasi Janubiy Kavkazdagi kuchlar muvozanatini o‘zgartirishi mumkinmi?
AQSH va Eron o‘rtasidagi ziddiyat fonida Vashington Janubiy Kavkazga e’tibor qaratishda davom etmoqda, deb yozdi “Newsmax” nashri.
Muallifning qayd etishicha, Boku va Yerevan o‘rtasidagi munosabatlarning normallashishi uzoq muddatli tinchlik uchun sharoit yaratadi.
- Ikki mamlakatning uzoq yillik rahbarlari amalga oshirgan tarixiy uchrashuvi yirik transport yo‘nalishini ishga tushirish to‘g‘risidagi qaror bilan yakunlandi, deb yozdi “Newsmax” TRIPP ga ishora qilib.
TRIPP - Armaniston hududi orqali Ozarbayjon va Naxchivon o‘rtasida transport aloqasini ta’minlashga mo‘ljallangan xalqaro tranzit loyihasi hisoblanadi.
Nashrga ko‘ra, loyiha Qo‘shma Shtatlarning Yevrosiyo markaziga kirishni ta’minlash va mintaqa davlatlarining mustaqilligini mustahkamlash istagini aks ettiradi.
S.Rahimov, O‘zA