Xitoy O‘rta yo‘lakni rivojlantirishdagi ishtirokini kengaytirishga tayyor
"AzerTAJ" xabar berishicha, Xitoy O‘rta yo‘lak sifatida tanilgan Transkaspiy xalqaro transport yo‘li (TXTY)ni rivojlantirishda Ozarbayjon bilan hamkorlik ko‘lamini kengaytirishga tayyor.
XXRning Bokudagi elchisi Lu Mey agentlikka bergan intervyusida ta’kidlaganidek, 2025-yil TXTY bo‘ylab tashilgan yuk miqdori 4,7 million tonnaga yetib, yangi rekord o‘rnatildi. Chin mamlakati shu yo‘nalish orqali tashiladigan tovarlarning eng yirik manbasiga aylandi.
Diplomat kelgusi hamkorlik doirasida Xitoy transchegaraviy transport markazlari, logistika sanoat parklari va raqamli bojxona rasmiylashtiruvi tizimini yaratishda ishtirok etishga tayyorligini ma’lum qildi.
Lu Meyning so‘zlariga ko‘ra, bu loyihalar yuk tashish vaqti va logistika xarajatini qisqartiradi.
A.Mamatov, O‘zA