Trend: Özbekiston Markaziy Osiyo uçun iqlim integratsiyasining yangi modelini taklif etdi
Ozarbayjonning “Trend” axborot agentligi Turkiyaning Antaliya şahrida ötkazilayotgan BMT Iqlim özgarişi töğrisidagi hadli konvensiyasi tomonlari konferensiyasining 31-sessiyasi (COP31) doirasida Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan taşabbuslarni yoritdi.
Naşrda qayd etilişiça, Özbekiston Markaziy Osiyoda iqlim özgarişiga qarşi kuraşiş böyiça mintaqaviy hamkorlikni kuçaytirişga qaratilgan iqlim integratsiyasi modelini taklif etgan.
Mazkur taşabbus axborot, texnologiya va moliyalaştiriş yönalişlarini qamrab oladi. Jumladan, Jahon meteorologiya taşkiloti kömagida iqlim xavflari böyiça maʼlumot almaşiş infratuzilmasini yaratiş, tabiiy ofatlardan erta ogohlantiriş tizimini yölga qöyiş, yerlarni tiklaş va çang-qum böronlariga qarşi ekologik texnologiyalarni rivojlantiriş nazarda tutilgan.
Şuningdek, maqolada iqlim loyihalarini moliyalaştiriş uçun imtiyozli grantlar va yangi moliyaviy mexanizmlarni joriy etiş, ECO-EXPO körgazmasini doimiy investitsiya-texnologiya platformasiga aylantiriş takliflariga eʼtibor qaratilgan.
“Trend” Özbekiston Prezidenti uşbu modelni dunyoning boşqa mintaqalarida ham qöllaş mumkinligini taʼkidlab, xalqaro hamjamiyatni taşabbusni qöllab-quvvatlaşga çaqirganini alohida eʼtirof etgan.
D.HAKIMOV,
ÖzA