Dehli va Lahorda havo ifloslanişi xavfli darajaga yetdi
Hindiston poytaxti Dehli va Pokistonning Lahor şahrida havo ifloslanişi keskin kuçaydi. Taʼkidlanişiça, Dehlida mayda çang zarraçalari miqdori Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) belgilagan kunlik meʼyordan 66 barobardan ziyodga oşgan.
Yakşanba kuni nişonlangan Divali bayramidan keyin Dehlidagi 59 ta havo sifatini kuzatiş stansiyasidan 45 tasida ifloslantiruvçi moddalar böyiça soatlik maʼlumotlar qayd etilmay qolgan. Bu avtomatlaştirilgan tizim havodagi zarraçalar miqdori har kub metr uçun 1 000 mikrogrammdan oşganda körsatkiçlarni hisobga olmagani bilan izohlanmoqda.
Duşanba kuni ertalab poytaxtning Panjobi Boğ hududida PM2.5 zarraçalari miqdori har kub metr havoda 993 mikrogrammga yetdi. Bu JSST tavsiya etgan 15 mikrogrammlik kunlik meʼyordan 66,2 barobar yuqori. Ayrim kuzatuv stansiyalarida esa ifloslaniş darajasi 5 000 mikrogrammgaça kötarilgan.
Pokistonning Lahor şahrida ham quyuq tutun va çang aralaşmasidan iborat havo tufayli vaziyat oğirlaşdi. Havo sifati indeksi körsatkiçiga köra, Lahor dunyodagi eng iflos havoli şaharga aylandi.
Joriy yil 1-oktabrdan 9-noyabr holatida Pokistonning Panjob viloyatida ekin qoldiqlarini yoqiş bilan boğliq 16 714 ta yonğin qayd etilgan. Bu ham havo ifloslanişi kuçayişiga sabab bölgan.
Vaziyat sport musobaqalariga ham taʼsir körsatdi. Havo sifati yomonlaşgani sababli Pokiston kriket kengaşi 17–21-noyabr kunlari Şri-Lankaga qarşi ötkazilişi rejalaştirilgan test uçraşuvini Lahordan Ravalpindi şahriga köçirdi.
F.Yaxşiboyeva, ÖzA