Rasmussen Ğarb davlatlarini Ukrainaga qöşin yuborişga undadi
NATOning sobiq boş kotibi Anders Fog Rasmussen Ğarb mamlakatlari öz qurolli kuçlarini Ukrainaga joylaştirişi kerakligini aytdi.
- Bir neça oy davomida Fransiya va Buyuk Britaniya “xohlovçilar koalitsiyasi”ni taşkil etişga harakat qilib kelişdi, ammo endi u köproq “kutiş koalitsiyasi”ga öxşayapti, -dedi u OAVga bergan intervyusida.
RF Taşqi işlar vazirligi NATOga aʼzo davlatlar qöşinlarining Ukrainaga har qanday joylaştirilişi Rossiya uçun mutlaqo qabul qilinişi mumkin emasligini va keskin eskalatsiya xavfini tuğdirişini taʼkidladi.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov “xohlovçilar koalitsiyasi”ni uruş qözğatuvçilar deb atab, tinçlikni istamaydigan mamlakatlar guruhi deb tilga oldi.
S.Rahimov, ÖzA