Trend: içki talab va islohotlar Özbekiston iqtisodiy ösişini qöllab-quvvatlamoqda
Ozarbayjonning “Trend” axborot agentligi Özbekiston iqtisodiyotidagi ösiş surʼati va makroiqtisodiy siyosatga bağişlangan maqola eʼlon qildi. Unda Xalqaro valyuta jamğarmasining (XVJ) Özbekistondagi doimiy vakili Koba Gvenetadzening mamlakat iqtisodiy rivojlanişi haqidagi fikrlari keltirilgan.
Maqolada qayd etilişiça, sönggi beş-olti yilda Özbekiston iqtisodiyoti yuqori ösiş surʼatini namoyon etgan. Bu jarayonda içki talab barqarorligi va tarkibiy islohotlar davom ettirilişi muhim omil bölmoqda.
Koba Gvenetadze iqtisodiy ösişni saqlab qoliş uçun islohotlarni izçil davom ettiriş, makroiqtisodiy siyosatda barqarorlikni taʼminlaş va içki talabni samarali boşqariş zarurligini taʼkidlagan.
Naşrda byudjet siyosatiga ham alohida eʼtibor qaratilgan. XVJ vakili jahon bozorida oltin narxi yuqoriligi Özbekistonga qöşimça daromad keltirayotganini qayd etgan.
D.HAKIMOV,
ÖzA