Tramp Kaliforniya gubernatori qaroriga eʼtiroz bildirdi
AQŞ Prezidenti Donald Tramp Kaliforniya ştati gubernatori Gevin Nyusomning 500 dan ortiq mahkumga nisbatan çiqarilgan ölim jazosini bekor qiliş haqidagi qaroriga qarşi çiqiş niyatini maʼlum qildi.
Adliya vazirligida prokurorlar, huquq-tartibot idoralari xodimlari hamda qotillik qurbonlarining yaqinlari bilan ötkazilgan uçraşuvda Amerika yetakçisi federal darajada ölim jazosini qöllaş kölamini kengaytiriş böyiça topşiriq berganini bildirdi.
Tramp nutqi davomida gubernatorni qotillar tarafini olişda ayblab, uning qarorini bekor qiliş uçun oxirigaça kuraşişga vaʼda berdi. Şuningdek, mazkur taşabbusni muvaffaqiyatsiz siyosiy qadam deb baholadi.
Eslatib ötamiz, oy boşida Nyusom 500 dan ziyod mahkumga nisbatan ölim jazosini şartli ravişda muddatidan oldin ozod qiliş huquqisiz umrbod qamoq jazosiga almaştirgan edi.
F.Yaxşiboyeva, ÖzA