AQŞ “Nvidia” çipini Xitoyga yetkazişda gumonlangan kompaniyani qora röyxatga kiritdi
AQŞ Savdo vazirligi tomonidan Singapurning "Megaspeed" kompaniyasi 2024-yildan buyon “Nvidia” işlab çiqargan sunʼiy intellekt çipini Xitoyga noqonuniy yetkazib berişda gumonlangan.
Rasmiylar mazkur korxona ilğor kompyuter çipini tegişli ruxsatnomasiz boşqa şaxs yoki taşkilotga yetkazib beriş xavfini tuğdirganiga eʼtibor qaratgan.
Çeklovga muvofiq, eksport nazoratidagi mahsulotni “Megaspeed” va şöʼba korxonalariga yetkazib beriş uçun Savdo vazirligi maxsus ruxsatnomasi talab etiladi. Binobarin, kompaniya tomonidan ruxsat oliş uçun berilgan ariza rad etilişi kutilyapti. Singapur Boş vaziri Lourens Vong mamlakat “Megaspeed” faoliyati yuzasidan mustaqil tekşiruv olib borayotgani, AQŞ tergovida esa iştirok etmayotganini maʼlum qildi.
Taʼkidlanişiça, “Nvidia” rahbari Jensen Xuangning bu işdagi ehtimoliy örnini örganiş Amerika hukumati vakolatiga kiradi. Agar Singapur qonunçiligi buzilgani aniqlansa, tegişli çora köriladi.
F.Yaxşiboyeva, ÖzA