Sergelida 5 gektarlik dam oliş maskani qurilmoqda
Poytaxtimizning Sergeli tumani Qumariq mahallasida sunʼiy köl va aholi uçun dam oliş hududi barpo etilmoqda. Majmuaning umumiy maydoni 5 gektar bölib, suv havzasi 17 ming kvadrat metrni egallaydi.
Hududda bolalar maydonçalari, şiyponlar va barbekyu zonalari taşkil etiladi. Şuningdek, quyoş panellari, suvni tozalaş va ozonlaş tizimlarini örnatiş közda tutilgan. Asosiy işlarning 30 foizdan ortiği bajarilgan. Hozir konstruksiyani armaturalaş va mustahkamlaş, tirgak devorini quriş işlari olib borilmoqda. Obʼektni yil oxirigaça qurib bitkaziş rejalaştirilgan. Suv havzasi atrofda çangni kamaytiriş, havoni namlantiriş va qulay mikroiqlim yaratişga xizmat qilişi kutilmoqda. Dam oliş maskanida sayr qiliş va sport bilan şuğullaniş uçun ham şaroit yaratiladi.
Geologik tadqiqotlar uşbu yer maydoni loyihani amalga oşirişga mos kelişini tasdiqladi. Noyabr oyiga qadar devorning 800 metrga yaqin qismini bitiriş va suv havzasi tubidan tuproqni töliq çiqarib ketiş rejalaştirilgan.
Işlar doimiy nazorat ostida olib borilmoqda, aniqlangan kamçiliklar öz vaqtida, joyida bartaraf etilmoqda. Loyihani amalga oşirişning barça bosqiçlarida aholi qulayligi, ekologik talablar va qonunçilikka rioya etilişi taʼminlanmoqda.
Muhayyo Toşqorayeva,
ÖzA