Tramp tarafdorlarining 35 foizi oraliq saylovda ovoz bermagan
“J.L.Partners” tadqiqot kompaniyasi maʼlumotiga köra, 2024-yilgi prezidentlik saylovida AQŞ yetakçisi Donald Trampni qöllab-quvvatlagan amerikaliklarning qariyb 35 foizi 2026-yil 3-noyabr kuni bölib ötgan Kongressga oraliq saylovda iştirok etmagan.
Saylov kuni 1 000 nafar röyxatdan ötgan saylovçi va saylov oldi kampaniyasi davomida 30 000 dan köp odam iştirokida olib borilgan sörov natijasiga asoslangan hisobotda Respublikaçilar partiyasi mağlubiyatining asosiy sababi sifatida anʼanaviy tarafdorlar faolligi pasaygani bilan izohlangan. Masalan, ovoz berişga çiqmagan Tramp tarafdorlarining 46 foizini oliy maʼlumotga ega bölmaganlar, 44 foizini 65 yoşdan oşganlar, 39 foizini esa qişloqlarda yaşovçilar taşkil etgan.
Tahlilga köra, Demokratik partiya qölga kiritgan qöşimça ovozning qariyb 70 foizi fuqarolar siyosiy qaraşi özgarişi emas, balki saylovda qatnaşiş darajasidagi farq bilan boğliq. Ovoz beriş jarayonida amerikaliklarni, asosan, yaşaş xarajati yuqoriligi va iqtisodiyotning holati taşvişga solgan.
“J.L. Partners” kompaniyasi direktori va hammuassisi Jeyms Jonson taʼkidlaşiça, hatto biror saylovçi Demokratik partiya tomoniga ötmagan taqdirda ham, respublikaçilar faollik pastligi sabab Senat va Vakillar palatasidagi köpçilik örinni boy bergan bölar edi.
F.Yaxşiboyeva, ÖzA