Robotlarga qatl huquqi beriladimi?
BMTning Jenevadagi anjumanida inson aralaşuvisiz nişonni tanlab, hujum qila oladigan boşqaruvçisiz qurolni xalqaro miqyosda tartibga soliş masalasi muhokama qilinmoqda. Davlatlar şu hafta bunday aslaha yaratiş böyiça rasmiy muzokarani boşlaş yoki boşlamaslik haqida qaror qabul qilişi mumkin. Boş kotib Antoniu Guterriş va Rim papasi Lev XIV inson hayoti bilan boğliq qarorni maşina ixtiyoriga topşirmaslikka çaqirmoqda.
Avstriya, Belgiya, Braziliya, Irlandiya, Meksika, Yangi Zelandiya va Panama yangi xalqaro kelişuv böyiça muloqot boşlaş taklifini ilgari surdi. Taşabbus tarafdorlari 130 davlat avtonom qurolga oid xalqaro qoida joriy etilişini qöllab-quvvatlayotganini bildirgan. AQŞ va Rossiya kabi harbiy salohiyati yuqori davlatlar çeklovga ehtiyotkorlik bilan yondaşmoqda.
Muzokara jarayonidagi asosiy muammo – qaror konsensus asosida qabul qilinişi. Demak, bir davlat qarşiligi ham kelişuvga tösqinlik qilişi mumkin. Moskva bunday qurolni çeklaş böyiça muzokara olib borişga hozirça erta, deb hisoblayapti. Xalqaro Qizil Xoç qömitasi rahbari Mirjana Spolyariç mamlakatlarni uruş kelajagini maşina ixtiyoriga topşirmaslik uçun harakat qilişga çaqirdi.
Musulmon Ziyo, ÖzA