Qişda Ukrainada yadroviy avariya xavfi ortadimi?
“Reuters” xabar berişiça, 38 mamlakatdan iborat yadroviy xavfsizlikni tartibga soluvçi tuzilma Rossiyani Ukraina energetika infratuzilmasiga hujumni töxtatişga çaqirdi. Asosiy taşviş şundaki, tarmoqdan barqaror elektr taʼminoti bölmasa, Ukraina atom elektr stansiyalari yadroviy material sovişini saqlab qolişi va reaktorlar erib ketişining oldini olişi juda qiyin keçadi. Agar salbiy holat yuzaga kelsa, 1986-yil Çernobil fojiasi payti sodir bölganidek, radio faol moddalar havoga tarqalişi mumkin.
Çaqiriq mualliflari Yevropa mamlakatlarini radiatsiyadan himoya qiliş böyiça vakolatli idora – HERCA, Ğarbiy Yevropa yadroviy tartibga soluvçilar uyuşmasi – WENRA hamda Şimoliy radiatsiya idorasi – NORA раҳбарларидир. Ular birgalikda Yevropa Ittifoqiga aʼzo barça davlatlar, Qöşma Ştatlar, Buyuk Britaniya, Kanada va Yaponiyani ham öz içiga olgan 38 mamlakatni ifodalaydi.
Uşbu mamlakatlar Rossiya hujumi tufayli yaqinlaşayotgan qiş mavsumida yadroviy avariya xavfi öta yuqori bölişini taʼkidlamoqda. Elektr tarmoği butun Ukraina böylab uzilişi eng yomon ehtimoliy vaziyat sifatida kutilyapti. Bunday holat mavjud barça 9 yadroviy reaktorga taʼsir körsatadi.
S.Rahimov, ÖzA