Tramp Eron bilan muzokara shartini ma’lum qildi
AQSH Prezidenti Donald Tramp agar Tehron sulh tuzishga rozilik bersa, Eron bilan tinchlik muloqotini boshlashga tayyorligini bildirdi.
“New York Post” nashri yozishicha, o‘t ochishni to‘xtatish muzokara uchun asosiy talab va bu borada dastlabki qadamni aynan Eron tomoni tashlashi lozim. Tezroq kelishuvga erishish tarafdori bo‘lgan Tramp Fors ko‘rfazidagi AQSH bazalari, kemalari va ittifoqchilariga hujum to‘xtamasa, Tehron buning uchun og‘ir oqibatga duch kelishidan ogohlantirgan.
Qo‘shimcha qilinishicha, hozir tomonlar vositachilar orqali aloqani uzmagan holda texnik maslahatlashuvni davom ettirmoqda.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA