Britaniyada Sovuq urush davri inshooti sotilyapti
Angliya janubi-sharqidagi Kent shahrida Sovuq urush davrida maxfiy ravishda qurilgan bunker sotuvga qo‘yildi. So‘ralgan narx – 45 000 funt sterling.
Taxminan to‘rt metr chuqurlikdagi mazkur yer osti inshooti 1971-yil Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi tomonidan Qirollik kuzatuvchilar korpusi uchun kuzatuv manzili sifatida qurilgan. Yadro urushi boshlangan taqdirda majmua portlashni aniqlash, radio faol chiqindini kuzatish uchun mo‘ljallangan edi.
“Miles & Barr” ko‘chmas mulk agentligi ma’lumotiga ko‘ra, bunker butun mamlakat bo‘ylab taxminan 1500 joyda barpo etilgan shunga o‘xshash qurilmalarning oxirgisidir. Maxsus uskunalari yo‘qolgan bo‘lsa-da, inshoot hamon quruq, yil davomida barqaror haroratni saqlab turadi.
Ta’kidlanishicha, inshoot 1991-yildan beri asl maqsadda ishlatilmagan.
S.Rahimov, O‘zA