Toşkentda xalqaro sayyohlik yarmarkasi va investitsiya forumiga tayyorgarlik körilmoqda
25–27-noyabr kunlari “Central Asian Expo Uzbekistan” (CAEx) körgazma majmuasida “Ipak yölida turizm” xalqaro sayyohlik yarmarkasi bölib ötadi. Uşbu nufuzli anjumanda xalqaro taşkilotlar, aviakompaniyalar, mehmonxona biznesi vakillari, turoperatorlar va sarmoyadorlar jam böladi.
Yarmarkaga 15 ming nafardan ortiq mehmon taşrif buyurişi kutilmoqda. Körgazmada 30 dan ziyod mamlakatdan 100 dan ortiq kompaniya vakillari qatnaşadi. Ekspozitsiya 10 ming kvadrat metr maydonni egallaydi.
Tadbir doirasida investitsiyaviy hamkorlik masalalariga alohida eʼtibor qaratiladi. Forum respublikamiz hududlari uçun işlab çiqilgan istiqbolli loyihalar taqdimoti, xorij kapitalini mamlakatimizga jalb etiş hamda biznes vakillari va sarmoyadorlar örtasida töğridan-töğri aloqalarni yölga qöyiş makoniga aylanadi.
Forum kun tartibidan mehmonxona va kurort infratuzilmasini rivojlantiriş, yangi turistik zonalarni taşkil etiş, transport-logistika tizimini modernizatsiya qiliş hamda sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş masalalari örin olgan. Şuningdek, MICE-turizm, kinoturizm va konsert turizmining çet ellik sayohatçilarni jalb qilişdagi yangi yönalişlar sifatidagi istiqbollari ham muhokama qilinadi.
Işbilarmonlik dasturi “UzAero” xalqaro aviatsiya forumi, turizm taʼlimi forumi, “Global Media Campus” va “ICCA Association & Business Events Forum” kabi anjumanlarni qamrab oladi. Bundan taşqari, “Delicious Uzbekistan” gastronomiya festivali, “Etno Games” anʼanaviy öyinlar festivali, “Souvenirs and Craft Fair Uzbekistan” xalq hunarmandçiligi körgazmasi hamda “Silk Road Tourism Awards” mukofotini topşiriş marosimi ham bölib ötişi rejalaştirilgan.
Uşbu xalqaro yarmarka Özbekistonning sayyohlik salohiyatini tarğib qiliş, xorijiy hamkorlar bilan aloqalarni mustahkamlaş va sohaga sarmoya jalb etişni rağbatlantirişga qaratilgan. Uning doirasida ilk bor investitsiya forumining ötkazilişi esa işbilarmonlik aloqalarini kengaytirib, turizm industriyasini yangi bosqiçga olib çiqişga xizmat qiladi.
Oraş Akaboyev, ÖzA