Toshkentda o‘tkazilishi belgilangan Jahon kubogi musobaqasi sanasi nega o‘zgardi?
“World Boxing Cup Finals–2026” musobaqasining final bosqichini qabul qilish huquqi O‘zbekistonga berilgan.
Toshkent shahri mezbonlik qiladigan “World Boxing Cup Finals–2026” musobaqasining o‘tkazilish sanasi o‘zgartirildi. Yangilangan taqvimga ko‘ra, dunyoning eng kuchli bokschilari ishtirokidagi nufuzli musobaqa 26-noyabrdan 4-dekabrga qadar poytaxtimizda bo‘lib o‘tadi.
Avval musobaqani 25-noyabrdan 2-dekabrga qadar o‘tkazish rejalashtirilgan edi. World Boxing tashkiloti xalqaro musobaqalar taqvimini muvofiqlashtirish maqsadida turnir sanasiga o‘zgartish kiritdi.
Qayd etish joiz, “World Boxing Cup Finals–2026” musobaqasining final bosqichini qabul qilish huquqi O‘zbekistonga berilgan. Bahslar Toshkent shahrida tashkil etilib, unda jahonning eng kuchli bokschilari g‘oliblik uchun ringga ko‘tariladi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA