Sumo: O‘zbekiston va Yevropa sport federatsiyalari o‘rtasida hamkorlik o‘rnatildi
Polshaning Krotoshin shahrida O‘zbekiston sumo federatsiyasi mutaxassislilari Yevropa sumo federatsiyasi prezidenti Dariush Rozum bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot davomida hamkorlikni rivojlantirish, sumo sportini xalqaro miqyosda ommalashtirish bo‘yicha tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston sumo federatsiyasi raisi Kamol Usmonov va Yevropa sumo federatsiyasi rahbari Dariush Rozum hamkorlik memorandumini imzoladi.
Kelishuvga binoan memorandum doirasida sumo sporti bo‘yicha sportchilar, murabbiylar o‘rtasida tajriba almashish, qo‘shma o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini tashkil etish, mutaxassis va hakamlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash borasidagi tashabbuslar ilgari surildi.
Bir maqsad — birgalikda rivojlanish tamoyiliga asoslangan mazkur kelishuv O‘zbekiston va Yevropa sumosi o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishda muhim omil bo‘lishi ta’kidlandi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA