Osiyo o‘yinlari: boks musobaqalarining dasturi e’lon qilindi
Yaponiyada o‘tkaziladigan "Aichi-Nagoya-2026" yozgi Osiyo o‘yinlari boshlanishiga 37 kun qolganda boks bo‘yicha har bir vazn toifasidagi musobaqalar jadvali tasdiqlandi.
XX yozgi Osiyo o‘yinlari tashkiliy qo‘mitasi tomonidan e’lon qilingan taqvimga ko‘ra, boks musobaqalari 21-sentabr-2-oktabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
Tasdiqlangan dasturga muvofiq, saralash musobaqalari 21-sentabr kuni boshlanadi. Yarim final bahslari 29-30-sentabr, final janglari esa 2-oktabr kuni o‘tkaziladi.

Jadvalda har bir erkaklar va ayollar vazn toifasidagi jang sanalari ko‘rsatilgan bo‘lib, bu jamoalarga Osiyo o‘yinlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish imkonini taqdim etadi.
Erkaklar turnirida -55, -60, -70, -80, -90 va +90 kilogramm vazn toifalarida, ayollar o‘rtasida esa -51, -54, -60, -65 va -75 kilogrammgacha bo‘lgan vaznlarda XX yozgi Osiyo o‘yinlarining g‘olib va sovrindorlari aniqlanadi.
To‘rt yil muqaddam Xitoyning Xanchjou shahrida o‘tgan qit’a o‘yinlari bilan taqqoslaganda, erkaklar va ayollar vaznlarida bittadan og‘irlik toifasi olib tashlangan.
T.Ro‘ziyev, O‘zA