Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatidan nimalar ko‘zlanmoqda(+video)
Mamlakat iqtisodiyotiga har yili 40 milliard dollardan ortiq sarmoya jalb etish uchun shaffof va erkin moliya rejimiga o‘tilmoqda. Toshkent xalqaro moliya markazi xalqaro kapitalni yo‘naltiruvchi habga aylanib, investorlar himoyasi uchun Angliya huquqi va arbitraj mexanizmlari joriy etmoqda.
150–200 milliard dollarlik 5 yillik dastur XMI mablag‘lari (20–40 mlrd $), to‘g‘ridan-to‘g‘ri va xususiy investitsiyalar evaziga moliyalashtiriladi. Mablag‘lar sanoat (50 mlrd $), energetika (40 mlrd $), inson kapitali (15–20 mlrd$) hamda agrosanoatga yo‘naltirilib, 5–7 mln yuqori daromadli ish o‘rni yaratish va YIMni 2–2,5 barobarga oshirish ko‘zlangan.
Sanoat loyihalari «yashil» va resurs tejovchi texnologiyalar orqali energetika hamda suv tanqisligiga moslashtiriladi; tariflar keskin oshmasligi uchun ijtimoiy himoya saqlanadi. Inflyatsiya va davlat qarzi nazoratda ushlanib, Sukuk va IPO mexanizmlari orqali oddiy fuqarolarga aksiyalarga ega bo‘lish imkoni beriladi.
Mazkur markaz faoliyati va uning O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri bo‘yicha dolzarb mavzular bilan O‘zbekiston Iqtisodiyot Assambleyasi raisi Muhtor Umarovga yuzlandik.
Ziyovuddin Nuriddinov, Doniyor Yakubov, O‘zA