Yangi ishlab chiqarish quvvati foydalanishga topshirildi
Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Navoiy viloyatining Navbahor tumanidagi Qorajon mahallasida joylashgan Kichik sanoat zonasi hududida “BAO LONG XALQARO” MCHJning ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish loyihasi amalga oshirildi.
Umumiy qiymati 10 million AQSH dollari bo‘lgan mazkur investitsiya loyihasi xitoylik investor Lin Weijun bilan hamkorlikda amalga oshirildi.
Loyiha doirasida baliq ozuqasi ishlab chiqarish quvvati kuniga 75 tonnaga yetkazildi. Bu esa nafaqat ichki bozorni sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar bilan ta’minlash, balki kelgusida ishlab chiqarish hajmini yanada oshirish va eksport salohiyatini kengaytirish uchun mustahkam zamin yaratadi.



Eng muhimi, xorijiy sarmoyalarni jalb etish orqali tumanda yangi ish o‘rinlari yaratilib, aholi bandligini ta’minlash va zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalari joriy etilmoqda.
A.Bo‘riyev,
O‘zA muxbiri