Toshkent – xalqaro migratsiya forumi mezboni (+video)
Toshkent shahrida “Mehnat migrantlari va ularning oila a’zolarining ijtimoiy-huquqiy himoyasi” mavzusida Xalqaro migratsiya forumi boshlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi hamda Xalqaro migratsiya tashkiloti hamkorligida o‘tkazilayotgan anjuman sohadagi dolzarb masalalarni muhokama qilish uchun muhim xalqaro muloqot maydoniga aylandi.
Forumda BMT tizimi va xalqaro tashkilotlar, davlat idoralari, Yevropa va Osiyo mamlakatlaridan ish beruvchilar, ekspertlar, fuqarolik jamiyati vakillari ishtirok etmoqda.
Tadbir doirasida mehnat migratsiyasi, malaka, gender tenglik, yoshlar va iqlim masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishlar, B2B va G2G uchrashuvlari, shuningdek yangi hamkorlik kelishuvlari muhokamasi bo‘lib o‘tadi.
Forumning asosiy g‘oyasi – xavfsiz, tartibli va qonuniy migratsiyani ta’minlash orqali barqaror taraqqiyotga erishish.
<iframe width="484" height="860" src="https://www.youtube.com/embed/AIVQ2chPxYo" title="Toshkent – xalqaro migratsiya forumi mezboni" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Musulmon Ziyo, O‘zA