Toşkent viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
Prezidentimizning 2026-yil 28-oktabrdagi “Yoqilği-energetika sohasida bozor tamoyillariga ötiş jarayonida aholini ijtimoiy qöllab-quvvatlaş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoni bilan belgilangan mezonlarga mos ehtiyojmand oilalar va fuqarolarga 1 million sömdan bir martalik moddiy yordam ajratiladi.
Ayni kunlarda Toşkent viloyatining tuman va şaharlaridagi mahallalarda “mahalla yettiligi” iştirokida qöşma röyxatlarni şakllantiriş işlari olib borilmoqda. Jarayon doirasida ehtiyojmand oilalarning holati xonadonbay örganilib, yordam oluvçilar aniqlanmoqda. Maʼlumotlarga köra, Toşkent viloyatida Ijtimoiy reyestrga kiritilgan 44 ming 316 ta oilaga bir martalik moddiy yordam avtomatik tarzda tayinlanadi. Şuningdek, farmonda belgilangan tartibga muvofiq, uşbu oilalarning 50 foizi, yaʼni 22 ming 158 ta oila “mahalla yettiligi” tomonidan xonadonbay örganilib, ehtiyojmand oilalardan arizalar qabul qilinadi.

Bundan taşqari, viloyatda özgalar parvarişiga muhtoj şaxslar reyestriga kiritilgan 1 967 nafar fuqaroga hamda yetim va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalar yaşayotgan 878 ta oilaga 1 million sömdan bir martalik moddiy yordam ajratiladi.
***
Yurtimizga “Oybek” çegara bojxona posti orqali piyoda holda kirib kelgan fuqaroning qöl yuklari belgilangan tartibda közdan keçirildi.
Tekşiruv davomida fuqaroga tegişli uyali telefonning içki qismiga hamda telefon ğilofiga maxsus joylaştirilgan, bojxona deklaratsiyasida körsatilmagan va oğzaki sörov jarayonida maʼlum qilinmagan, umumiy oğirligi 54 gramm bölgan zargarlik buyumlari aniqlandi.

Dastlabki hisob-kitoblarga köra, aniqlangan zargarlik buyumlarining qiymati 64 million 800 ming sömni taşkil etmoqda. Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tekşiruv harakatlari olib borilyapti.
***
“Hududgaztaʼminot” AJ boşqaruv raisining tegişli topşiriği bilan respublikamizning barça hududlarida, xususan, Toşkent viloyatida ham tabiiy gazdan noqonuniy foydalaniş holatlarini aniqlaş va ularning oldini olişga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda.

Örta Çirçiq tuman “Örta ovul” MFYda istiqomat qiluvçi fuqaro M.Ş. xonadonida loyiha-texnik hujjatlarsiz tabiiy gazdan tijorat maqsadida noqonuniy foydalanayotgani maʼlum böldi. Holat böyiça dalolatnoma rasmiylaştirilib, 548 million 596 ming sömlik zarar qayta hisob-kitob qilindi.
Şu bilan birga, Yuqori Çirçiq tumani “Saxovat” MFYda yaşovçi fuqaro U.R. xonadonida “zangori yoqilği”dan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlandi. Noqonuniy foydalanilgan tabiiy gaz hajmi qayta hisob-kitob qilindi hamda 148 million sömlik zarar aniqlandi. Yuqoridagi holatlar böyiça barça hujjatlar huquqni muhofaza qiluvçi organlarga yuborildi. Nazorat tadbirlari davom etmoqda.
A.Musayev,ÖzA