Illatlarga qarşi kuraşiş, avvalo, ogohlik, bilim va masʼuliyatdan boşlanadi
Inson baʼzan öz salomatligiga beparvo qaraydi. Bir lahzalik qiziqiş yoki notöğri tanlov esa butun umriga soya solişi mumkin. OIV infeksiyasi va giyohvandlik ana şunday jiddiy xavflar sirasiga kiradi. Ularning oqibati faqat bir inson hayoti bilan çeklanmay, oila taqdiri, farzandlar kelajagi va jamiyat salomatligiga ham taʼsir körsatadi. Şu bois bu illatlarga qarşi kuraşiş, avvalo, ogohlik, bilim va masʼuliyatdan boşlanadi.
Ana şu maqsadda Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati böyiça boşqarmasida «Soğlom hayotni tanla» mavzusida profilaktik-tarğibot tadbiri ötkazildi. Milliy gvardiya viloyat boşqarmasi, Özbekiston yoşlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengaşi hamda Sirdaryo viloyati OITSga qarşi kuraşiş markazi hamkorligida taşkil etilgan uçraşuvda harbiy xizmatçilar iştirok etişdi.

Tadbirda OIV infeksiyasi va OITS, giyohvandlikning kelib çiqiş sabablari, yuqiş yöllari, salbiy oqibatlari hamda ularning oldini oliş çoralariga alohida eʼtibor qaratildi. Mutaxassislar kasalliklarning inson salomatligiga taʼsiri, xavf omillari va profilaktikaning muhim jihatlari haqida batafsil maʼlumot berdilar. Ayniqsa, giyohvand moddalarni inʼeksiya orqali isteʼmol qilişda umumiy şprits va ignalardan foydalaniş OIV infeksiyasini yuqtiriş xavfini oşirişi taʼkidlandi.

— OIV infeksiyasi va OITS butun dunyoda jiddiy tibbiy-ijtimoiy muammo bölib qolmoqda. Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti maʼlumotlariga köra, 2025-yil yakunida dunyo böyiça 41 million kişi OIV bilan yaşagan. Şu yilning özida 1,2 million nafar inson uşbu infeksiyani yuqtirgan, 570 ming kişi esa OITS bilan boğliq kasalliklar oqibatida vafot etgan. Epidemiya boşlanganidan buyon OIV infeksiyasini yuqtirganlar soni 92,2 million nafarga, OITS bilan boğliq kasalliklar tufayli vafot etganlar soni esa 44,2 million nafarga yetgan. Bu raqamlar muammoning naqadar jiddiy ekanini körsatadi.
Ayniqsa, giyohvand moddalarni inʼeksiya orqali isteʼmol qilişda umumiy şprits va ignalardan foydalaniş infeksiya yuqişi xavfini oşiradi. Şu bois profilaktika işlarini kuçaytiriş, tibbiy savodxonlikni oşiriş va har bir insonning öz salomatligiga masʼuliyat bilan yondaşişi muhim ahamiyatga ega.
Afsuski, giyohvandlik va OIV infeksiyasi bilan boğliq xavf-xatarlar bizning hududimiz uçun ham begona emas. Soğlom kelajakni barpo etiş, farzandlarimizni turli illatlardan asraş har birimizning zimmamizdagi masʼuliyatdir. Bu boradagi kuraşni ertaga emas, aynan bugundan boşlaşimiz kerak, — deydi Sirdaryo viloyati OITSga qarşi kuraşiş markazi epidemiolog şifokori Alişer Qobilov.

Uçraşuvda soğlom turmuş tarzi tarğibotini oila muhitida ham izçil davom ettiriş zarurligiga alohida eʼtibor qaratildi. Zero, farzandning hayot tarzi, dunyoqaraşi va tanlovlarida ota-onaning şaxsiy namunasi muhim örin tutadi. Şu maʼnoda, harbiy xizmatçilarning oila aʼzolari va farzandlari örtasida ham profilaktik tuşuntiriş işlarini olib boriş dolzarb ahamiyat kasb etadi.

— Bunday uçraşuvlar şunçaki maʼlumot beriş bilan çeklanmaydi. Ular insonni öz hayoti, salomatligi va yaqinlari taqdiri haqida öylaşga, har bir tanlovning oqibatini anglaşga undaydi. Çunki giyohvandlikka «yöq» deyiş, OIV infeksiyasidan himoyalaniş va soğlom turmuş tarzini tanlaş — bu faqat şaxsiy qaror emas, balki oila va jamiyat oldidagi masʼuliyat hamdir, — dedi tadbirda sözga çiqqan Özbekiston yoşlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengaşi harbiy bölimining boşliği Furqatjon Azimov.

Bunday profilaktik tadbirlar insonlarning tibbiy madaniyatini yuksaltiriş, xavfli illatlarning oldini oliş va soğlom turmuş tarziga amal qilişga undaşi bilan ahamiyatlidir. Zero, soğlom kelajak öz-özidan şakllanmaydi. U bugungi ogohlik, töğri tanlov va amaliy harakatlar bilan bunyod etiladi.

Şu bois OITS va giyohvandlikka qarşi kuraş har birimizdan befarq bölmaslikni talab etadi. Bir söz bilan aytganda, inson hayoti va salomatligidan qimmatliroq neʼmat yöqdir.
Ğulom Primov, ÖzA muxbiri