Toşkent turizm forumi – yangi investitsiya loyihalari uçun qulay maydon
Turizm bugun şunçaki sayohat emas, balki iqtisodiy ösiş, xalqaro hamkorlik va yangi sarmoya uçun muhim yönalişga aylanmoqda. Şu nuqtai nazardan Toşkentda boşlangan xalqaro tadbirlar sohaning bugungi imkoniyati va kelgusi istiqbolini muhokama qiliş uçun imkon yaratdi.
Öttiz yillik tarixga ega “Ipak yölida turizm” yarmarkasi va poytaxtimizda ilk bor taşkil qilingan Xalqaro turizm investitsiya forumi jahon turizm bozori yetakçilarini birlaştirdi. Belarus, Germaniya, Gruziya, Hindiston, Italiya, Malayziya, Maldiv orollari, Ozarbayjon, Rossiya, Turkiya, Xitoy, Vetnam kabi turli mamlakatlar mahsuloti taqdim etilgan ekspozitsiyalarda tarixiy va madaniy meros, dengiz böyi hamda toğ kurorti, gastronomik sayohat va soğlomlaştiriş dasturlari uyğunlaşgan.
Özbekiston esa barça 14 hududimiz salohiyatini xorijliklar eʼtiboriga havola qilmoqda. Buyuk ipak yöli böyidagi tarixiy şaharlar, tabiiy maskanlar, toğ turizmi, milliy taomlar va hunarmandlik namunalari mamlakatimiz salohiyatini yaqqol namoyon etadi.
Birinçi Xalqaro turizm investitsiya forumida davlat idoralari, xalqaro moliya institutlari, investitsiya kompaniyalari, quriliş taşkilotlari va mehmonxona biznesi vakillari turizm infratuzilmasiga sarmoya jalb qiliş masalalarini muhokama qilmoqda.
Bu borada respublikamiz bozori rivojlanişi jarayoni eʼtiborga molik. 2026-yil yanvar-oktabr oylarida mamlakatimizga 11,6 million çet ellik kelgan. Bu ötgan yilning mos davriga nisbatan 19 foiz köp. Turizm xizmati eksporti 49 foiz ösib, 6,1 milliard dollarga yetdi.
Ayni payt yurtimizda 31 mehmonxona brendi faoliyat yuritmoqda. Yangi majmualar qurilişini rağbatlantiriş uçun uç yulduzli mehmonxonaning har bir xonasiga 40 million söm, tört va beş yulduzli mehmonxonaga esa 65 million söm subsidiya ajratiş mexanizmi belgilangan. Soliq imtiyozi va qulay moliyalaştiriş imkoniyati ham mavjud.
Şuningdek, 2026-2028-yillarda joylaştiriş vositasi va turistik hududlar taşkil etiş uçun 5 000 gektar joyni elektron auksionga çiqariş rejalaştirilgan. Ayrim loyihalarda davlat yer qiymatining 50 foizigaça miqdorini qoplaydigan kapital bilan iştirok etişi közda tutilgan.
Yarmarka dasturidan örin olgan “Global Media Campus” va “Smart Destination Hackathon” orqali turizmni xalqaro miqyosda tarğib qiliş, raqamli kommunikatsiya va soha uçun zamonaviy texnologiya yeçimi işlab çiqişga eʼtibor qaratiladi. Xakatonning umumiy mukofot jamğarmasi 150 million söm.
27-noyabr kuni forum doirasida BMT Turizm taşkiloti bilan hamkorlikda “2027-yil – Xalqaro barqaror va bardoşli turizm yili” taşabbusi rasman oçiladi.
Özbekiston tomonidan ilgari surilgan uşbu taşabbusni BMT Boş Assambleyasi 2024-yil 26-fevral kuni 80 dan ortiq davlat hammuallifligida qabul qilingan rezolyutsiya bilan qöllab-quvvatlagan. Xalqaro yil doirasida turizmning barqaror iqtisodiy taraqqiyotdagi örni, madaniy va tabiiy merosni asraş, global tahdidga bardoşni oşiriş hamda mahalliy aholi uçun yangi imkoniyat yaratiş masalalari ilgari suriladigan marosimda Toşkent deklaratsiyasi ham qabul qilinadi.
Poytaxtimiz uç kun davomida xalqaro muloqot, investitsiya va yangi hamkorlik imkoniyatini birlaştirdi. Anjuman nafaqat mamlakatimiz sayyohlik salohiyatini jahonga tanitiş, balki istiqbolli loyihalarga sarmoya jalb etiş, Özbekistonning xalqaro turizm bozoridagi örnini mustahkamlaş uçun ham muhim maydondir.
Musulmon Ziyo,
Otabek Mirsoatov (surat),
ÖzA