Bolalarni maktabga tayyorlaş tizimida qanday özgarişlar kutilmoqda?
Bolaning maktab ostonasiga qadam qöyişi uning hayotidagi eng muhim bosqiçlardan biridir. Bu davrda u nafaqat öqiş va yozişga dastlabki tayyorgarlik köradi, balki yangi muhitga moslaşiş, mustaqil fikrlaş, muloqot qiliş va jamoada işlaş könikmalarini ham egallaydi. Şu bois maktabgaça tayyorlov jarayonini töğri taşkil etiş, uning keyingi taʼlim bosqiçlari bilan uzviyligini taʼminlaş muhim ahamiyatga ega.
Sönggi vaqtlarda bir yillik maktabga tayyorlov kurslariga oid savollar jamoatçilik orasida keng muhokama qilinmoqda. Xususan, uşbu bosqiçdan keyin bolalar yana Foundation dasturida öqişi kerakmi? Taʼlim dasturlari xalqaro standartlarga moslaştirilsa, öquv jarayonida qanday özgarişlar yuz beradi?
Mazkur savollar yuzasidan Taʼlim va ilm-fan vazirligi matbuot xizmati quyidagi maʼlumotlarni taqdim etdi.
Mutaxassisga köra, maktabga tayyorlov bosqiçi bolaning boşlanğiç taʼlimga moslaşuvida muhim örin tutadi. Uşbu jarayonda bolalarning maktab taʼlimiga tayyorgarligi şakllantirilib, ularda dastlabki bilim va könikmalar rivojlantiriladi. Biroq taʼlim jarayoni faqat bir yillik tayyorlov bilan çeklanib qolmaydi. Eng muhim vazifa mazkur bosqiçda egallangan bilim va könikmalarning keyingi taʼlim jarayonida izçil davom etişini taʼminlaşdir.
Şu nuqtai nazardan, taʼlim dasturlari bosqiçma-bosqiç takomillaştirilib, xalqaro talablar va standartlarga moslaştirib boriladi. Bunda taʼlim bosqiçlari örtasidagi takrorlanişlarni kamaytiriş, öquv dasturlarining mazmuniy uzviyligini taʼminlaş va taʼlim sifatini oşirişga eʼtibor qaratiladi. Bu boradagi asosiy yondaşuv — taʼlimning uzluksizligini taʼminlaş va har bir bosqiçda bolaning yoşi hamda bilim darajasiga mos taʼlim berişdan iborat.
Ota-onalarni bir yillik maktabga tayyorlovdan keyin Foundation dasturida alohida öqiş zarurati saqlanib qoladimi degan savol ham qiziqtirmoqda.
Bu masala taʼlim dasturlarining xalqaro akkreditatsiyadan ötişi bilan bevosita boğliqligi aytildi. Taʼlim dasturi ISCED-1 darajasi böyiça xalqaro akkreditatsiyadan ötganidan söng Foundation (Foundation bosqiçi — bu xalqaro universitetlarga (asosan Buyuk Britaniya, Yevropa davlatlari hamda Özbekistondagi xalqaro filiallarga) öqişga kirişdan oldingi 1 yillik tayyorlov dasturi) bosqiçida alohida tahsil olişga ehtiyoj qolmaydi. Yaʼni maktabga tayyorlov va boşlanğiç taʼlim dasturlari özaro uyğunlaştirilib, bolaning keyingi taʼlim bosqiçiga ötişi uçun zarur şart-şaroit yaratiladi. Bu yerda asosiy maqsad şunçaki taʼlim bosqiçlari sonini qisqartiriş emas, balki bolaning olgan bilimlari keyingi bosqiçda mantiqiy davom etişini taʼminlaşdir.
Bunday yondaşuv mamlakatimiz taʼlim tizimi uçun mutlaqo yangi emas. Ayni paytda mazkur tajriba Prezident maktablari hamda Beruniy nomidagi ixtisoslaştirilgan maktabda yölga qöyilgan. Uşbu taʼlim muassasalarida xalqaro akkreditatsiyadan ötgan dasturlar asosida öqitiş amaliyoti mavjud. Bu esa taʼlim dasturlarini xalqaro mezonlar asosida taşkil etiş va taʼlim bosqiçlari örtasidagi uzviylikni taʼminlaş böyiça muayyan tajriba şakllanganini körsatadi. Kelgusida ham taʼlim dasturlarini xalqaro talablarga moslaştiriş işlari bosqiçma-bosqiç davom ettiriladi. Taʼlim tizimidagi har qanday özgarişning markazida, avvalo, bolaning manfaati turişi lozim. Maktabga tayyorlov jarayoni ham bolalarning yoşi, individual qobiliyati va rivojlaniş xususiyatlarini inobatga olgan holda taşkil etilişi muhim.
Taʼlim dasturlarining xalqaro akkreditatsiyadan ötişi, boşlanğiç taʼlim mazmunining takomillaştirilişi va bosqiçlar örtasidagi uzviylikning taʼminlanişi öquvçilar uçun yanada samarali taʼlim muhitini yaratişga xizmat qiladi. Eng muhimi, maktabga tayyorlov bosqiçida şakllangan bilim va könikmalar keyingi taʼlim jarayonida davom ettirilişi, bolalar bir xil mazmundagi dasturlarni takroran özlaştirişga majbur bölmasligi kerak. Demak, bir yillik maktabga tayyorlov kurslari va xalqaro taʼlim standartlariga moslaştiriş jarayonlariga faqat alohida taʼlim bosqiçi sifatida emas, balki uzluksiz va sifatli taʼlim tizimini şakllantiriş yölidagi muhim qadam sifatida qaraş lozim. Zero, maktabga tayyorlaşning maqsadi bolani şunçaki birinçi sinfga olib keliş emas, balki uning kelgusi taʼlim yöli uçun mustahkam poydevor yaratişdir.
Muhayyo Toşqorayeva,
ÖzA