Mahallada IT-şaharçasi oçildi
Farğona viloyati Yozyovon tumanining çekka hududlaridan biri bölgan Qoratepa mahallasida yoşlarni axborot texnologiyalari sohasida öqitişga ixtisoslaşgan IT-şaharça foydalanişga topşirildi. Şu munosabat bilan taşkil etilgan tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov iştirok etdi.
Tadbirda sözga çiqqan viloyat hokimi yoşlarni zamonaviy kasblarga öqitiş, ularning yuqori daromadli faoliyat turlarini egallaşi uçun şaroit yaratiş bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri ekanini taʼkidladi.

Ayniqsa, bugungi kunda axborot texnologiyalari sohasi jadal rivojlanib borayotganligini qayd etib, yangi markazda ham yuqori bilim va malakaga ega mutaxassislar yetişib çiqişiga işonç bildirdi.

38 - umumtaʼlim maktabida oçilgan uşbu markaz tumanda taşkil etilgan ikkinçi IT-şaharça bölib, uning çekka hududda foydalanişga topşirilişi mahalla yoşlari uçun zamonaviy bilim va kasblarni özlaştirişda yangi imkoniyatlar yaratadi.

Loyihani amalga oşiriş uçun 600 million söm mablağ yönaltirilgan. Bir vaqtning özida 110 nafar öquvçi tahsil olişi mumkin. Hozirning özida 300 nafardan ortiq yoş markaz tögaraklarida şuğullanmoqda.

Markazda jahon mehnat bozori talablariga mos sunʼiy intellekt, kiberxavfsizlik, dron texnologiyalari, kompyuter savodxonligi va ingliz tili böyiça maşğulotlar taşkil etilgan.
Muhammadjon Obidov, ÖzA