Toshkent shahar chempionati bo‘lib o‘tdi
FOTOREPORTAJ
Poytaxtimizdagi «Universal Horses Stable» ot sporti klubida to‘siqlardan sakrab o‘tish bo‘yicha Toshkent shahar chempionati bo‘lib o‘tdi.
Keskin va murosasiz o‘tgan bellashuvlar natijasiga ko‘ra, Anna Daminova g‘oliblik shohsupasining eng yuqori pog‘onasidan o‘rin egalladi. Keyingi o‘rinlar Medina Abdurahmonova va Maksim Dvoryanskiyga nasib etdi.
G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan ta’sis etilgan diplom, kubok hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
[gallery-22141]
Muhammad AMIN (surat), O‘zA