Toshkent metrosida yo‘lovchilar soni bo‘yicha yangi rekord qayd etildi
Yangi o‘quv yilining boshlanishi Toshkent jamoat transportida yo‘lovchilar oqimining sezilarli darajada oshishiga sabab bo‘lmoqda.
Jumladan, 14-sentabr kuni Toshkent metropolitenida yo‘lovchi tashish bo‘yicha navbatdagi rekord ko‘rsatkich qayd etildi. Shu kuni metro xizmatlaridan jami 1 million 165 ming 550 nafar yo‘lovchi foydalangan.
Mazkur ko‘rsatkich bundan avvalgi rekord natijadan ham yuqori. Xususan, 2026-yil 8-may kuni Toshkent metropolitenida 1 million 117 ming 61 nafar yo‘lovchi tashilgan edi.
Shunday qilib, 14-sentabr kuni qayd etilgan ko‘rsatkich avvalgi rekorddan 48 ming 489 nafarga ko‘p bo‘ldi.
Mutaxassislar kuzatuv va tahlillariga ko‘ra, poytaxt metrosida yo‘lovchilar oqimining o‘sish tendensiyasi kelgusida ham davom etishi kutilmoqda. Xususan, oktabr oyida metropolitendan bir sutkada foydalanadigan yo‘lovchilar soni 1,2 million nafarga yetishi prognoz qilinmoqda.
Yangi o‘quv yilining boshlanishi, shuningdek, oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar sonining kundalik qatnovga qo‘shilishi jamoat transportiga bo‘lgan talabning yanada ortishiga xizmat qilmoqda.
Hamroz Bayonov,O‘zA