Toşkent metrosi: millionlab yölovçi va yangi davr talablari
Toşkent metropoliteni bugun oddiy jamoat transporti vositasidan poytaxt hayotining muhim arteriyasiga aylandi. Bir vaqtlar atigi 29 ta bekat va 38 kilometrlik yönalişdan iborat bölgan metro hozirda 50 ta bekatni birlaştirib, 71 kilometrdan ortiq masofani qamrab olmoqda. Qariyb 40 yil davomida şakllangan infratuzilma sönggi yetti yilda misli körilmagan surʼatda kengaydi.
Biroq, metro taraqqiyotini faqat yangi bekatlar, zamonaviy poyezdlar va uzaygan yönalişlar bilan baholaş töğrimi? Bugun uning eng katta sinovi — millionlab yölovçiga birdek tez, qulay va xavfsiz xizmat körsatişdan iborat.
Poytaxtimizda “Toşkent metropoliteni” AJ masʼullari iştirokida taşkil etilgan matbuot anjumanida sohadagi islohotlar va rejalar xususida maʼlumotlar berildi.
Mutaxassislarning maʼlum qilişiça, 2021-yilda metro bir kunda örtaça 280–300 ming nafar yölovçiga xizmat körsatgan bölsa, 2026-yilga kelib bu körsatkiç 1,2 million nafardan oşdi. Demak, bir neça yil avvalgi yölovçi oqimi bilan bugungisini taqqoslab bölmaydi. Endi metro nafaqat köproq hududni qamrab olişi, balki har kuni millionlab odamning vaqt, xavfsizlik va qulaylik bilan boğliq ehtiyojlarini qondirişi kerak.

Yölovçilar oqimining ortişi harakat tarkiblarini yangilaş va köpaytirişni taqozo etmoqda. Şu maqsadda sönggi yillarda metro parkiga zamonaviy poyezdlar olib kelindi. 2021-yilga qadar metropolitenda 40 ta harakat tarkibi xizmat körsatgan bölsa, 2026-yildagi maʼlumotlarga köra, keyingi davrda yana 55 ta zamonaviy harakat tarkibi xarid qilingan. Şuningdek, 2027-yilda 14 ta zamonaviy, beş vagonli poyezd sotib oliş rejalaştirilgan. Bu esa harakat tarkibini yanada yangilaş va yölovçilarga xizmat körsatiş imkoniyatlarini kengaytirişga xizmat qiladi.
Eng muhim özgarişlardan biri esa poyezdlar oraliğidagi vaqtning qisqarganidir. Masalan, 2021-yilda Çilonzor yönalişida tirband vaqtlarda poyezdlar beş daqiqada bir kelgan bölsa, hozir bu körsatkiç 1,5–2 daqiqani taşkil etmoqda. Özbekiston yönalişida interval olti daqiqadan uç daqiqaga, Yunusobod yönalişida 11 daqiqadan tört daqiqaga qisqardi. Yer usti halqa yölida esa 12 daqiqalik oraliq sakkiz daqiqaga tuşirildi. Maqsad yölovçilarning kutiş vaqtini kamaytiriş.

Sohada eskalatorlarni yangilaş, bekatlarda qöşimça ijtimoiy infratuzilma yaratiş işlari olib borilmoqda. Xususan, “Xalqlar döstligi”, “Novza”, “Mustaqillik maydoni”, “Paxtakor” va “Hamid Olimjon” bekatlarida eski eskalatorlar zamonaviy, energiya tejamkor qurilmalarga almaştirildi. Bundan taşqari, “Çilonzor”, “Paxtakor”, “Buyuk ipak yöli”, “Amir Temur xiyoboni”, “Beruniy”, “Döstlik”, “Çorsu”, “Mustaqillik maydoni”, “Olmazor”, “Bodomzor” va “Çinor” bekatlarida ona va bola xonalari hamda jamoat hojatxonalari taşkil etildi.
“Çinor” bekatida amalga oşirilgan rekonstruksiya işlari ham eʼtiborga molik. Bu yerda kiriş qismi kengaytirilib, turniketlar soni oltitadan 13 taga yetkazildi. Natijada bekatning ötkazuvçanlik imkoniyati kuniga 15–20 ming nafardan 35–40 ming nafar yölovçigaça oşirildi. Bundan taşqari, bekatda törtta yuqori siğimli lift örnatildi. Ular bir vaqtning özida 50–60 nafargaça yölovçini taşiş imkoniyatiga ega. Bu, ayniqsa, yölovçilar oqimi yuqori bölgan vaqtlarda harakatni samarali taşkil etişda ahamiyatlidir.
Ilgari yölovçilar asosan jetonlardan foydalangan bölsa, bugun bank kartalari, mobil ilovalar va ATTO transport kartalari orqali yöl haqini tölaşi mumkin. Şu bilan birga, Face Pay — yuzni taniş, Palm Pay — kaft orqali tölov tizimlari ham barça bekatlarda joriy etilgan. Yer osti bekatlari va tunnellarda mobil aloqa sifatini yaxşilaş, Metro Wi-Fi xizmatini yölga qöyiş ham yölovçilar uçun muhim qulayliklardan biriga aylandi. Hozirda MobiUz va Ucell operatorlari tunnellarda ham sifatli aloqa xizmatlarini taqdim etmoqda.
Metropolitenning energiya sarfini kamaytiriş maqsadida elektrodepolar hududida quyoş panellari örnatilmoqda. Ularda işlab çiqarilgan elektr energiyasining bir qismi içki ehtiyojlar uçun işlatilsa, ortiqça qismi davlat elektr tarmoğiga sotilmoqda. Demak, metro rivoji faqat yölovçi taşiş bilan çeklanmay, raqamlaştiriş va resurslardan samarali foydalaniş yönalişlarini ham qamrab olmoqda.
Toşkent metropoliteni oldidagi vazifalar yanada keng. 2026-yilda qabul qilingan qarorga muvofiq, 2030-yilga qadar bekatlar sonini 79 taga, metro yönalişlari uzunligini 103 kilometrga yetkaziş, kunlik yölovçilar oqimini 1,8 million nafargaça oşiriş va poyezdlar harakati oraliğini 2–3 daqiqagaça qisqartiriş belgilangan. Bu rejalar amalga oşsa, poytaxt transport infratuzilmasida yana bir muhim bosqiç boşlanadi. Biroq, yangi marralar bilan birga yangi masʼuliyat ham paydo böladi. Çunki bugungi 1,2 million yölovçi ertaga 1,8 millionga yetişi mumkin. Bunday şaroitda faqat bekatlar sonini köpaytiriş yoki yangi poyezdlar xarid qilişning özi kifoya qilmaydi. Tiğiz soatlardagi gavjumlikni boşqariş, poyezdlar harakati xavfsizligini taʼminlaş, texnik nosozliklarning oldini oliş, yölovçilarga tezkor axborot beriş va barça bekatlarda bir xil xizmat sifatini taʼminlaş hal qiluvçi ahamiyat kasb etadi.

Muhayyo Toşqorayeva,
ÖzA