Köp kvartirali uylarni uluş kiritiş asosida quriş tartibi belgilanişi mumkin
Senatning Byudjet va iqtisodiy masalalar qömitasi majlisida «Köp kvartirali uylarni va boşqa köçmas mulk obʼektlarini uluş kiritiş asosida quriş töğrisida»gi qonun muhokama qilindi.
Mazkur qonun uluşli quriliş sohasidagi munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga soliş, uluşdorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari, şuningdek, ularning mol-mulkini himoya qilişga qaratilgan. Unda uluşdorlarning mablağlarini jalb qilişning aniq mexanizmlari va huquqiy asoslari belgilanmoqda.
Xususan, uluşdorlarning mablağlari faqat uluşli iştirok etiş şartnomasi asosida Yagona axborot tizimida röyxatdan ötgan ixtisoslaşgan quruvçilar tomonidan jalb qilinişi belgilanmoqda. Bunda şartnoma notarial tartibda tasdiqlanişi hamda davlat röyxatidan ötkazilişi şart.

Uluşdorlar tomonidan kiritilgan mablağlarni vakolatli banklarda oçilgan eskrou hisobvaraqlarida saqlaş va ularni quriliş obʼekti uluşdorga topşirilganidan keyingina quruvçiga ötkaziş tartibi nazarda tutilmoqda. Bunda eskrou hisobvaraqlaridagi mablağlarga nisbatan undiruvni qaratiş taqiqlanadi hamda ularga nisbatan bank omonatlarini himoya qiliş böyiça kafolatlar qöllaniladi.
Qonunga muvofiq qurilişi yakunlangan obʼektlardan foydalanişga ruxsatnoma olinganidan keyin ular uç oydan keçiktirmay uluşdorlarga topşirilişi lozim. Şu bilan birga, obʼektlarning konstruktiv elementlari böyiça kafolat muddati kamida ön yil etib belgilanmoqda.

Senatorlar köp kvartirali uylar va boşqa köçmas mulk obʼektlarini quriş uçun jismoniy hamda yuridik şaxslarning mablağlarini jalb etiş bilan boğliq munosabatlarning qonun darajasida tartibga solinayotgani muhim ahamiyatga ega ekanini taʼkidladi.

Uluşli quriliş sohasini davlat tomonidan tartibga soliş mexanizmlarining takomillaştirilişi, uluşdorlarning huquqiy himoyasi kuçaytirilişi va sohada jamoatçilik nazoratini amalga oşiriş imkoniyatlarini yaratadi.
N.Abduraimova,
ÖzA