Muddatli harbiy xizmatçilarni oliy taʼlimga tayyorlaş talab darajasidami?
Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari hamda Fan, taʼlim va soğliqni saqlaş masalalari qömitalari qöşma majlisida Şarqiy harbiy okrugda muddatli harbiy xizmatçilarni kasb-hunarga öqitiş va oliy taʼlimga tayyorlaş böyiça yaratilgan şart-şaroitlar körib çiqildi.
Mazkur masala 2026-yil 2 - 5-noyabr kunlari Senat aʼzolari, tegişli vazirlik va idoralar vakillaridan iborat işçi guruh tomonidan Farğona, Andijon va Namangan viloyatlaridagi harbiy qismlarda örganildi.
Qayd etilganidek, Şarqiy harbiy okrugdagi harbiy qismlarga 58 ta texnikum biriktirilgan bölib, 3,7 mingdan ortiq muddatli harbiy xizmatçi 20 ta kasb yönalişi böyiça taʼlim olmoqda.
Monitoring davomida askarlarni kasb-hunarlarga yönaltiriş, oliy taʼlim muassasalariga kirişga tayyorlaş masalalari, şuningdek, öquv-moddiy bazaning holati hamda masofaviy taʼlim oliş uçun yaratilgan şaroitlarga alohida eʼtibor qaratildi.

Xususan, Farğona, Andijon va Namangan viloyatlaridagi harbiy qismlarda kasb-hunarlarga öqitiş uçun yangi öquv binolari va pavilonlar taşkil etilgan. Joriy yilda 176 nafar askar oliy taʼlim muassasalarining masofaviy taʼlim şakliga öqişga kirib, ularning tahsil olişi uçun zarur şaroitlar yaratilgan.

Örganiş davomida kasb-hunarlarga öqitişda zarur jihozlar bilan taʼminlaş, pedagoglarning transport xarajatlarini moliyalaştiriş, öquv maşğulotlari uçun mablağ ajratiş hamda harbiy xizmatçilarga taʼlim kreditlari beriş bilan boğliq ayrim kamçiliklar aniqlangani qayd etildi.

Mazkur muammolarni bartaraf etiş, kasb-hunarlarga öqitiş tizimini yanada takomillaştiriş, masʼul vazirlik va idoralar örtasida hamkorlikni kuçaytiriş hamda harbiy xizmatçilarning taʼlim oliş imkoniyatlarini kengaytiriş zarurligi taʼkidlandi.
Qöşma majlis yakunida örganiş natijalari va bildirilgan takliflar asosida aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etişga qaratilgan qömitalarning qöşma qarori qabul qilindi.
N.Abduraimova,
ÖzA