Toşkent issiqlik tizimida Digital Twin texnologiyasi joriy etildi
Energetika vazirligi maʼlumotiga köra, Toşkent issiqlik markazida zamonaviy raqamli boşqaruv markazi faoliyati yölga qöyildi. Yangi tizim issiqlik işlab çiqariş jarayonlarini onlayn kuzatiş va uskunalar holatini nazorat qiliş imkonini bermoqda.
Markazda “Raqamli egizak” (Digital Twin) texnologiyasi joriy etilgan. Uning yordamida issiqlik qozonlari, yondirgiçlar va boşqa texnologik uskunalarning işlaş körsatkiçlari real vaqt rejimida tahlil qilinadi. Şuningdek, texnik nosozliklar, qozonlarning içki holati hamda zaxira suv baklaridagi suv miqdorini yagona platforma orqali kuzatiş mumkin.
Hozirda uşbu raqamli boşqaruv markazi orqali Toşkent şahridagi 9 ta issiqlik markazining texnologik uskunalari monitoring qilib borilmoqda.
Kelgusida tizim imkoniyatlarini kengaytiriş, xususan, unga sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etiş rejalaştirilgan. Bu ehtimoliy nosozliklarni oldindan aniqlaş va ular haqida masʼul xodimlarni avtomatik ravişda ogohlantiriş imkonini beradi.
Mazkur yangilik issiqlik taʼminoti tizimining işonçliligini mustahkamlaş, işlab çiqariş samaradorligini oşiriş va texnologik jarayonlarni takomillaştirişda muhim ahamiyatga ega.
N.Ziyodullayeva,
ÖzA