Toğ-kon tarmoğida raqamli xavfsizlik böyiça hamkorlik memorandumi imzolandi
Toğ-kon sanoati va geologiya tarmoğida raqamli xavfsizlikni taʼminlaş, işlab çiqariş infratuzilmasini zamonaviy kibertahdidlardan muhofaza qilişda xalqaro hamkorlik muhim ahamiyatga ega.
Şu maqsadda toğ-kon sanoati va geologiya vaziri örinbosari - Texnologik transformatsiya markazi direktori Odil Fayzullayev hamda "Kasperskiy laboratoriyasi"ning Qozoğiston, Markaziy Osiyo va Möğulistondagi boşqaruvçi direktori Valeriy Zubanov örtasida uçraşuv bölib ötdi.
Muloqot davomida hamkorlik aloqalarini rivojlantiriş, axborot xavfsizligi sohasida qöşma loyihalarni amalga oşiriş masalalari muhokama qilindi. Uçraşuv davomida mazkur yönalişlarda hamkorlik qiliş böyiça memorandum imzolandi.
Hujjatga köra, hamkorlikning asosiy yönalişlaridan biri tarmoq korxonalarida foydalaniladigan axborot tizimlari va texnologik jarayonlarni avtomatlaştirilgan boşqariş infratuzilmasining kiberxavfsizligini taʼminlaşdan iborat. Bunda mavjud zaifliklarni öz vaqtida aniqlaş, ehtimoliy tahdidlarni baholaş va ularning oldini oliş böyiça yeçimlarni işlab çiqişga alohida eʼtibor qaratiladi.

Şuningdek, soha mutaxassislarining kasbiy salohiyatini oşiriş maqsadida öquv seminarlari va amaliy treninglar taşkil etiş, ilğor tajribalarni örganiş hamda özaro bilim almaşiş rejalaştirilgan.
N.Ziyodullayeva,
ÖzA