Muammolar yeçimi va yangi texnikalar imkoniyati
Bugungi kunda suv resurslaridan oqilona foydalaniş, irrigatsiya tarmoqlarining uzluksiz işlaşini taʼminlaş va suv yetkazib beriş tizimi samaradorligini oşiriş qişloq xöjaligi barqarorligi, hududlar iqtisodiy taraqqiyoti hamda aholi farovonligi bilan bevosita boğliq. Ayniqsa, suv taqçilligi tobora dolzarb ahamiyat kasb etayotgan şaroitda har bir tomçi suvni asraş, mavjud infratuzilmadan unumli foydalaniş va sohani zamonaviy texnika bilan taʼminlaş muhim vazifalardan biridir.
Prezidentimiz taşabbusi bilan suv xöjaligi tizimida amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar ham aynan şu maqsadga — suv resurslarini boşqariş samaradorligini oşiriş, infratuzilmani modernizatsiya qiliş, suv isrofgarçiligining oldini oliş va soha xodimlari uçun zarur şaroitlar yaratişga qaratilgan.
Mazkur vazifalar ijrosi doirasida Suv xöjaligi vazirining birinçi örinbosari Zokir Işpölatov hamda tuman hokimi Xurşid Tohirov Qoraköl tumanida irrigatorlar va suv xöjaligi sohasi xodimlari bilan uçraşdi.
Oçiq muloqotda, avvalo, soha vakillarining kundalik faoliyati davomida duç kelayotgan muammolari, taklif va taşabbuslari tinglandi. Suhbat jarayonida suğoriş tarmoqlarining texnik holati, suvni isteʼmolçilarga öz vaqtida va manzilli yetkazib beriş, tarmoqlardagi yöqotişlarni kamaytiriş, mavjud moddiy-texnik imkoniyatlardan samarali foydalaniş masalalari atrofliça muhokama qilindi.
Şuningdek, navbatdagi suğoriş mavsumiga puxta tayyorgarlik köriş, kanallar va içki suğoriş tarmoqlarida taʼmirlaş-tiklaş işlarini öz vaqtida taşkil etiş, suv xöjaligi obʼektlarining uzluksiz faoliyatini taʼminlaş hamda mehnat samaradorligini oşiriş yuzasidan fikr almaşildi.

Muloqotning ahamiyatli jihati şundaki, unda mavjud muammolarni sanab ötiş bilan çeklanilmadi. Soha xodimlari tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar har biri böyiça tegişli masʼullarga aniq topşiriqlar berildi. Kötarilgan masalalarni tizimli örganiş, ularning yeçimini taʼminlaş va kelgusida takrorlanişining oldini oliş böyiça çora-tadbirlar belgilab olindi.
Uçraşuv doirasida Qoraköl tumani Suv yetkazib beriş xizmati davlat muassasasiga yangi, zamonaviy texnikalar ham tantanali ravişda topşirildi.
Bu esa sohadagi amaliy ehtiyojlardan kelib çiqib, xizmat körsatiş imkoniyatlarini kengaytirişga qaratilgan muhim qadamdir. Yangi texnikalar muassasaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş, suğoriş tarmoqlarida taʼmirlaş va profilaktika işlarini tezkor taşkil etiş, suv xöjaligi obʼektlarida yuzaga kelişi mumkin bölgan nosozliklarni öz vaqtida bartaraf qiliş imkonini beradi.

Eng muhimi, texnik imkoniyatlarning kengayişi suv yetkazib berişdagi keçikişlar va uzilişlarning oldini oliş, irrigatsiya tarmoqlarining barqaror işlaşini taʼminlaş hamda suv isteʼmolçilariga körsatilayotgan xizmatlar sifatini oşirişga xizmat qiladi.
Zarif Komilov, ÖzA muxbiri