To‘raqo‘rg‘onda aholi murojaatlari ko‘rib chiqildi
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani Madaniyat markazida viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqovning aholi bilan sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.
Qabulda, avvalo, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga yo‘llangan murojaatlar ko‘rib chiqildi. Viloyat hokimi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari hamda tegishli tashkilotlar mas’ullari har bir murojaatni atroflicha o‘rganib, ularni hal etish yuzasidan zarur choralarni belgiladi.
[gallery-30392]
Shuningdek, fuqarolar moddiy yordam, uy-joy, kadastr, kredit, sud-huquq va boshqa masalalar bo‘yicha murojaat qildi.
Qabul davomida viloyatning turli hududlaridan kelgan 80 nafardan ortiq fuqaroning murojaati tinglandi. Masalalarning aksariyati joyida hal etildi, ayrimlari bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi hamda qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan murojaatlar nazoratga olindi.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA