To‘raqo‘rg‘on xurmolari Yevropaga eksport qilinmoqda
FOTOREPORTAJ
Gilos va uzum yetishtirishda o‘ziga xos tajriba maktabini yaratgan to‘raqo‘rg‘onlik sohibkorlar keyingi yillarda xurmochilikda ham ilgarilab ketdi. Bugungi kunda tumandagi 64 ta mahallaning 48 tasida aholi shu mevaning asl bog‘boniga aylangan.
[gallery-31540]
Kalvak mahallasida 1054 ta oila istiqomat qiladi va xonadonlarga kirgan kishining ko‘zi shoda-shoda marvarid kabi tizilgan xurmo mevasiga tushadi. Yiliga 200 tonnagacha hosil Rossiya, Qozog‘iston va Yevropa davlatlariga eksport qilinadi. Mavsumda har bir oila 30 million so‘mdan 100 million so‘mgacha daromad qilmoqda.
Ayni kunlarda mahalladagi qabul shoxobchalarida mavsum qizg‘in kechmoqda. Yetishtirilgan hosil saralanib, xaridorlarga yetkazib berilmoqda.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA