Toqayev Mudofaa vazirligi tekshiruvining dastlabki natijasi bilan tanishdi
Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Mudofaa vazirligida o‘tkazilgan batafsil tekshiruvning dastlabki natijasini tingladi.
Birinchi bosqichdan so‘ng o‘g‘irlik, mansab vakolatini suiste’mol qilish kabi qonun buzilishi holatlari bo‘yicha 13 jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Tekshiruv amaliyotni tayyorlash va rejalashtirish, xavfni baholash, harbiy xizmatchilar xavfsizligini ta’minlashdagi jiddiy kamchiliklarni aniqlagan.
Qo‘mondonlik xodimlarining jinoiy beparvoligi bo‘yicha tergov davom etmoqda. Hozircha besh nafar amaldor hibsga olingan.
Shuningdek, mamlakat yetakchisi mavjud muammolarni hal qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, tekshiruv natijasi Qurolli kuchlar islohoti rejasini tayyorlashda hisobga olinishi zarurligini ta’kidlagan.
S.Rahimov, O‘zA