Toqayev: BMT XK tinchlikni ta’minlay olmayapti
BMT Xavfsizlik kengashi yer yuzida tinchlikni ta’minlash vazifasini bajarishdan to‘xtadi, dedi Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev.
– Ayniqsa yirik davlatlar bir-biriga ishonmay qo‘ygani BMT va tuzilma institutlari faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi, dedi u Qozog‘istonning yangi bir palatali parlamenti – Qurultoyning birinchi sessiyasi ochilishidagi nutqida. – BMT XK dunyoviy va mintaqaviy tinchlik, barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha majburiy vazifasini bajara olmayapti.
Yetakchi qo‘shimcha qilishicha, jahon miqyosida sodir bo‘layotgan misli ko‘rilmagan voqealar ko‘chkiga o‘xshash, tizimsiz, tartibsiz va oldindan aytib bo‘lmaydigan xususiyat kasb etgan. Bu falokatlar deyarli barcha mamlakatlar va xalqlarni o‘z domiga tortyapti.
Toqayev shunday noqulay sharoitda mintaqaviy xalqaro tashkilotlar oldinga chiqib, o‘z mavqeini sezilarli darajada oshirganini ta’kidladi. Qozog‘iston rahbari odatda “o‘rtacha kuch” sifatida ta’riflanadigan mamlakatlar olam sahnasida yaqqol ko‘zga tashlanayotganiga urg‘u bergan.
S.Rahimov, O‘zA