O‘rta yo‘lak raqamli makonga o‘tmoqda
O‘rta yo‘lak asta-sekin nafaqat Xitoy va Yevropa o‘rtasida tovar tashiydigan muqobil yo‘nalish, balki Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz mamlakatlarining Rossiya tarmog‘iga qaramligini kamaytirish imkonini beruvchi raqamli yo‘nalishga aylanmoqda, deb yozdi “The National Interest”.
5-avgust kuni Transkaspiy ingichka tolali simining 380 kilometrlik suv osti qismi Qozog‘iston qirg‘og‘iga yetib keldi. Qozog‘iston va Ozarbayjonni bog‘laydigan mazkur tarmoq Rossiyani chetlab o‘tib, Markaziy Osiyodan Yevropaga yuqori tezlikda ma’lumot uzatuvchi ilk tizim sifatida taqdim этилмоқда.
Nashr ma’lumotiga ko‘ra, hozir Qozog‘iston xalqaro internet trafigining taxminan 95 foizi Rossiyaga bog‘liq.
– Raqamli ulanish yo‘nalishi sifatida O‘rta yo‘lak mintaqaviy savdo va transport infratuzilmasi bilan bir xil maqsadni ko‘zlaydi: Rossiyani chetlab o‘tish, – deya ta’kidlaydi nashr.
Shuningdek, Ozarbayjonni Naxchivon bilan, keyin Armaniston orqali Turkiyaga ulash uchun mo‘ljallangan yana bir yo‘nalish – TRIPP loyihasining ham raqamli infratuzilmasi rivojlanmoqda. “Telecom Armenia” va “Azer Telecom” o‘rtasidagi kelishuv shu yo‘nalishda ingichka tolali aloqa uchun yo‘l ochadi. Uzoq muddatda TRIPP O‘rta yo‘lakni to‘ldirishi va qardosh mamlakatning mintaqadagi tranzit va raqamli markaz sifatidagi mavqeini kuchaytirishi mumkin.
Xullas, Ozarbayjon asta-sekin yangi raqamli infratuzilma uchun muhim tranzit va energetika markaziga aylanyapti.
S.Rahimov, O‘zA