To‘rabek Ismoilov – jahon chempioni!
O‘zbekistonlik yosh sambochi To‘rabek Ismoilov Kiprning Limasol shahrida davom etayotgan sambo bo‘yicha kadetlar o‘rtasidagi jahon chempionatida shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.
O‘zbekistonlik yosh sambochi To‘rabek Ismoilov Kiprning Limasol shahrida davom etayotgan sambo bo‘yicha kadetlar o‘rtasidagi jahon chempionatida shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.To‘rabek 72 kilogrammgacha vazn toifasidagi sportchilar o‘rtasida tengsiz ekanini namoyish etdi. U musobaqa finalida rossiyalik Andrey Veselovni mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalga sazovor bo‘ldi. A.Veselov kumush medalni qo‘lga kiritdi, gruziyalik Otar Soziashvili va belaruslik Dzianis Barkavets bronza medal bilan taqdirlandi.
Chempionatning ikkinchi kungi bellashuvlarida Azimxon Sultaxo‘jayev, Zafarbek Hamroqulov, Saidaliakbar Yusupov, Otabek Yodgorov, qizlar bahsida Komila Nurova gilamga tushadi.